ZAVOD HAQIDA

Fonon – 2020-yilda “Gold Moon Tashkent” MChJ tomonidan Italiya standartlari asosida qurilgan zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi zavod.

Fonon Markaziy Osiyoda, Yevropa va sharq uslubida qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yagona yirik korxona hisoblanadi.
ISHLAB CHIQARISH
Ishlab chiqarish qismida 150 dan ortiq mahoratli mutaxassislar faoliyat yuritib kelishmoqda: ijodkor dizaynerlar, oltin ustalari va mamlakatning eng yaxshi zargarlari ish olib boradi. Kompaniyamizda faoliyat yuritayotgan zargarlar Italiya, Turkiya va Taylanddan tashrif buyurgan malakali mutaxasislardan tajriba oshirdilar.

Ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy zargarlik texnologiyasi va Italiya, Germaniya, AQSH, Turkiyaning eng ilg’or uskunalaridan foydalaniladi. Bunday texnologiyalar qatoriga ichi bo'sh mahsulotlar ishlab chiqarish, lazer texnologiyasidan foydalanish, 3D printerlari yordamida yangi turdagi modellarni yaratish, zanjir, bilaguzuk, sirg'a va uzuklarni olmos bilan ogranka qilish shuningdek, yarim tayyor mahsulotlar yuzasiga yorqin shakil berish kabi texnologiyalar kiradi.

Bizning zargarlik buyumlarimiz sifati – biz doimo takomillashtirib boradigan asosiy ustunligimizdir. Bizning usta va zargarlarimiz betakror san’at asarlarini faqatgina tabiiy toshlar va yuqori sifatli materiallar yordamida yaratishadi.
BIZ BILAN ISHLASH AFZALLIKLARI
Yuqori sifatning kafolatlanganligi
Sifatni har bir bosqichda nazorat qilinishi
Mahsulot qiymatini oshirish ustida olib boriluvchi doimiy ishlar
Tabiiy toshlardan foydalanish
Sertifikatlarning mavjudligi va sifat - jahonning yetakchi brendlaridan qolishmasligi
Jahon standartlari
Italiya texnologiyasidan foydalangan holda murakkab va noyob mahsulotlarni ishlab chiqarish
Yevropadan keltirilgan ilg'or uskuna va texnologiyalar
Shtat tarkibida faoliyat yuritayotgan tajribali dizayner va 3D modelyerlar jamoasi
Dizaynning original yechimi
Sifatni yo'qotmagan holda tezkor va katta hajmda
Ishlab chiqarishning katta quvvati
Zavodimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar standart va sertifikatlarga 100% muvofiqligi tasdiqlangan. Mahalliy va xalqaro buyurtmachilar uchun mahsulotning kafolatini oshirish maqsadida kompaniya eng nufuzli xalqaro tashkilotlari taqdim etgan sertifikatlarga ega.
SERTIFIKATLAR
«Gold Moon Tashkent» MChJ hozirda O'zbekiston bo'ylab do’konlar tarmog’iga ega bo'lib, o'z mahsulotlarini AQSh, BAA va boshqa mamlakatlariga eksport qilmoqda. Bugungi kunda kompaniya 6000 (oq, sariq va qizil) dan ortiq tilla mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

Kompaniya tadbirkorlar, dilerlar, savdo tarmoqlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa savdo nuqtalarini birgalikda hamkorlik qilishga chorlaydi. Biz doimo yuqori sifatli mahsulotlarni, hamkorlikning moslashuvchan shartlarini va qulay to'lov usullarini taklif qilamiz va sizlarni doimiy hamkorlarimiz qatorida ko'rishdan benihoya mamnun bo'lamiz.
HAMKORLIK
Hamkorlik haqida batafsil bilish uchun shaklni to’ldiring
Menu
Chilonzor tumani, Kichik halqa yo'li, 50-uy