Har bir inson sovg'alarni olgan va boshqaga taqdim etgan paytda ular bilan birga his-tuyg’ularga ham ega bo’ladi. Shu sababli biz o’z faoliyatimizni barchaning didiga mos keladigan ko’rkam zargarlik buyumlarini yaratishga bag’ishladik. Klassik uslubdan tortib, so’nggi tendensiyalargacha bo’lgan zargarlik buyumlarini yaratamiz, ular insonlarga tengsiz va unutilmas tuyg’ularni baxsh etadi.
Brend haqida
Biz “Fonon” brendini zargarlik sanoatida barkamollikni oshirish va har jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko’rkam va murakkab bo’lgan zargarlik buyumlarini yaratish ishini yo’lga qo’ydik - ular qanday yaratilganligi, qaysi manbalardan olinganligi va qanday usulda yasalishi. Biz o’zbek qimmatbaho metallar sifatini namoyon etamiz va mahsulotimizda faqatgina tabiiy toshlardan foydalanamiz.
Yuzlab zargarlik buyumlar bo’yicha maxsus mutaxassislar brend nomidan siz yoqtirgan go’zal buyumlarga ega bo’lishingizga yordam berish yo’lida xizmat qiladi.
Bizning dizayn-studiyadagi jamoamiz tomonidan ilk qarashdayoq va kundalik hayot davomida quvontirishda davom etuvchi mahsulotlar yaratiladi. Bizning zargarlik buyumlarimiz umr bo’yi qadrli bo’lishi maqsadida qulaylik, go’zallik, sifat va chidamlilikka nisbatan alohida e’tibor qaratamiz.
DIZAYN
BIZ SIFATLI VA HAMYONBOP HASHAMATLI MAHSULOTNI YARATAMIZ
Biz asl moda va uning tendensiyalarini namoyon etuvchi innovatsion va sifatli mahsulotlarni yaratamiz. Bizning mahsulotlarimiz mukammallik, go’zallik, madaniyat va qiymat tamoyillariga sodiq qolgan holda dizayn va innovatsiyalar chegaralarini kengaytirgan holda ishlab chiqiladi.
Bizning malakali menejerlarimiz o’z yaqinlari yoki o’zlari uchun sovg’a tanlashda har bir mijozga yaqindan yordam berishdan benihoya mamnun. Brendimizning rasmiy do’konlarida siz har qanday kun uchun mos keluvchi mahsulotlarga ega bo’lishingiz mumkin. Ularning sifati va yorqinligi sizni yoqimli hayratda qoldiradi.
Brendimizning ikkita rasmiy do’koni Toshkent shahrida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi bo’ylab 24 ta filiali joylashgan.