Biz haqimizda

About us

Gold Moon Tashkent” MCHJ qoshida tashkil etilgan "Fonon" brendi 2020-yildan o’z faoliyatini boshladi. Ushbu brend ostida zargarlik san'atining eng noyob namunalari Italiyaning yetakchi texnologiyalari asosida ishlab chiqariladi. Bugungi kunda yuqori sifatga ega zargarlik buyumlari butun respublikamizning ushbu yo'nalishida faoliyat olib boradigan do`kon hamda savdo nuqtalarini egallab bormoqda. Zavod 30 turdagi tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko`zda tutgan.

Bizning maqsad

Bizning maqsad

FONON Markaziy Osiyodagi eng yirik va zamonaviy oltin ishlab chiqarish zavodini yaratish g’oyalari ostida dunyoga kelgan yirik ishlab chiqarish majmuasidir.

Ilg’or texnologiyalar, italiyalik mutaxassislarning O’zbekistondagi yetuk zargarlar hamda ijodkor dizaynerlari uyg’unligida ichki bozorda yagona va betakror bo’lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish.

Ishlab chiqarilayotgan zargarlik buyumlari, g’urur va iftixor bilan aytish lozimki, O’zbekistonda qazib olingan oltindan yaratilmoqda.

FONON ning oldiga qo’ygan maqsadi, vaqt va qiymat kafolatini istagan zargarlik buyumlari ixlosmandlari uchun yakuniy nuqtaga aylanish.

FONON - zargarlik olamidagi yangi muqaddima.

Our Mission

Tarix

Markaziy Osiyoda oltin sanoati

Markaziy Osiyoda oltin qazib olish miloddan avvalgi VI-VII asrlarga borib taqaladi. Oltin zaxirasining sezilarli darajadagi ulushi aynan Ozbekistonga tegishli edi. Xususan, Buyuk Ipak yoli jadal suratlar bilan kengayib borayotgan bir davrda, Ozbekiston ushbu savdo yolida oz ornini egallashga ham ulgurgan edi. Milliy qadriyatlarimizni ozida aks ettirgan zargarlik buyumlari tobora butunjahon etiborini qozona boshladi.

O'zbekiston oltin zaxirasi

Hozirgi kunga kelib Ozbekiston oltin qazib olish hamda uni eksport qilish boyicha yetakchi orinlarni egallamoqda. Oltin zaxirasi boyicha Ozbekiston dunyoda 4-orinni, uni qazib olish boyicha esa 7-orinni egallaydi. Takidlash lozimki, ushbu korsatkichlar mamlakatdagi zargarlik yonalishining yangi darajalarga kotarilishiga zamin yaratadi.

Fonon zavodi

Bugungi kunga kelib “Fonon” zavodi jahonning yetuk mutaxassislari hamda texnologiyalaridan foydalangan holda, yangi raqobatbardosh, sifat darajasi yuqori bo’lgan brendga asos soldi. “Fonon” zargarlik buyumlari sinovdan o’tgan, ishonchli, zamonaviylik va milliylik uyg’unlashgan mahsulotdir!

Fonon brendi Markaziy Osiyoda

Zavod ishlab chiqarayotgan bebaho zargarlik buyumlari sifat va dizayn mukammalligining eng yuqori standartlariga asoslangan merosning ramziga aylandi. Ushbu standartlar “Fonon” brendini nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyoning eng yirik ishlab chiqarish birlashmalaridan biriga aylantiradi.

Ishlab chiqarish

Hozirda "FONON" zavodi eng so'nggi texnologiyalarga asoslangan zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, italiyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda yuqori dizaynga ega bo'lgan, soflik darajasi kafolatlangan va import mahsulotlari o'rnini bosa oladigan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Majmua hududida ishlab chiqarish ustaxonalari, 2 qavatli ofis va o'quv bino xonalari, shuningdek, haqiqiy zargarlik durdonalari yaratiladigan xususiy ijodiy va texnik laboratoriyalar joylashtirilgan.

Manufacture